Tadbirlar

Xatirchi tuman XTMFMTTEB ning Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy «AVGUST KENGASHI» oquv seminarlari ko`tarinki kayfiyatda tashkil etildi

Navoiy viloyati Xatirchi  tumani  XTMFMTTEB   tasarrufidagi  umumiy o’rta talim maktablari  matematika fani o’qituvchilari o'rtasida  "Fidoying bo'lgaymiz seni, O'zbekiston!" mavzusida o'tkazilgan an'anaviy avgust kengashi bo‘lib o’tdi. Yig’ilishni XTMFMTTEB aniq fanlar metodisti  M.Boynazarov ochib berdi.  Mustaqillik bu — bizning avallo eng aziz va eng ulug’‘ ayyomimiz,  shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “,,O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi PQ-3095-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida ,,Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!»  mavzusida an’anaviy avgust kengashi 33-umumiy o’rta ta’lim maktabining faollar zalida o’tkazildi.

1

Tadbirni o’tkazishdan ko’zlangan yagona maqsad albatta bugungi kunda O’zbekistonning davlat mustaqilligi — xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo’lib kelayotganligini keng aholi vakillariga, ayniqsa yosh avlod vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ’ibotchi sifatida turli qatlam vakillariga yetkazishlarida eng muhimi esa Mustaqilligimizning mazmun-mohiyatini targ’ib etishda dasturilamal turtki bo’lishini ta’kidladi. Zero, shu ota makon, ona tuproq, jannat diyor, istiqlol ato qilgan imkoniyatlar, erkin va farovon turmush uchun muqaddas O‘zbekistonimizga har birimiz fido bo‘lsak, arziydi.

Yig’ilishda 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchilari: K.Normurodova va S.Shukurovalar o’z  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, taqdimotlar o’qituvchilarga namoyish etildi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduksiya  va induksiya  kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi. Ayrim hollarda amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarning yechimi darhol topilmasdan, bir nyecha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashi ahamiyatga ega.

2

2017-2018 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv reja va unga tushuntirish xati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1875-PQ-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 124-sonli, 2017 yil 15 martdagi“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarorlari hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sanitariya qoidalari va me’yorlari (SanQvaM №0102-00) asosida tuzilgan.

Shuniningdek, mazkur o’quv rejada o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayanch o’quv rejasidagi umumta’lim fanlar nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning kurslar bo’yicha taqsimoti e’tiborga olindi.

  1. 2017-2018 o’quv yiliga mo’ljallangan o’quv rejada 10- 11 sinfda bir xaftada umumta’lim fanlari 29 soat, kasbiy fanlar 6 soat va maktab komponenti hisobidan 1 soat xajmida jami 36 soat o’qitilishi belgilab qo’yildi.
  2. Kasbiy fanlarni o’qitish 6 soat (jumladan, nazariy va amaliy) hajmda belgilangan kasb- hunar ta’limi muassasasi negizida hamda moddiy- texnik bazasi talabga javob beradigan umumta’lim maktabda tashkil etilishi mumkin.
  3. Hayot xavfsizligi asoslari mashg’ulotlari Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik, Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya fanlari tarkibida 10-11 sinflarda 17 soatdan o’qitiladi.
  4. Sog’lom avlod asoslari mashg’ulotlari Biologiya, Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanlari tarkibida 10-11 sinflarda 17 soatdan o’qitiladi.
  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan “Tejamkorlik saboqlari” mashg’ulotlari 10-11 sinflarda 17 soatdan fanlar tarkibi, to’garak mashg’ulotlari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’qiladi.
  6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qaroriga muvofiq pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda o’quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o’qitish maqsadida 15% gacha o’zgartirish kiritish huquqi beriladi.
  7. Namunaviy o’quv reja va dasturlar asosida ayrim fanlarni chuqurlashtirib o’qitish bo’yicha mualliflik o’quv dasturlari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqiladi, o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi.
  8. Malakali o’qituvchilar yetarli bo’lganquyidagi hollarda sinfdagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib o’qitishga ruxsat etiladi:

o’quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalari Chet tili fani, ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, Informatika va axborot texnologiyalari, sinflarda Jismoniy tarbiya va Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik, ta’lim tili o’zbek tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining sinflarida O’zbek tili fanihamda ta’lim tili rus tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining sinflarida Rus tili fani bo’yicha.

3

Ta’lim o’zbek tilida olib borilmaydigan maktablarda maktab pedagogik kengashining qaroriga binoan ayrim fanlar va kurslar o’zbek tili(davlat tili)da o’qitilishi mumkin.

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga muvofiq umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

o’quv yilining davomiyligi — 34 hafta;

o’quv haftasining davomiyligi — 6 kun;

dars mashg’ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

dars mashg’ulotlari oralig’idagi tanaffusning davomiyligi – 5-10 daqiqa (o’quv kuni o’rtasidagi tanaffusning davomiyligi – 15-30 daqiqa).

Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg’ulotlari o’tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to’g’ri kelib qolgan dars mashg’ulotlarining mavzulari o’quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg’ulotlarida o’tkaziladi.

O’quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o’tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o’tkazilmaydigan sinflar uchun o’quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to’g’ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg’ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

  1. Mazkur tayanch o’quv reja va tushuntirish xati asosida har bir umumiy o’rta ta’lim muassasasi 2017-2018 o’quv yiliga mo’ljallangan o’quv reja va tushuntirish xatini ishlab chiqadi va avgust oyidagi pedagogik kengashning qarori bilan tasdiqlaydi.

Navoiy viloyati Xatirchi  tumani  XTMFMTTEB   tasarrufidagi  umumiy o’rta ta`lim maktablari kimyo-biologiya  fanlari o’qituvchilari o’rtasida  ,,Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!» mavzusida o’tkazilgan an’anaviy avgust kengashi haqida ma’lumot.

  Yig’ilishni XTMFMTTEB tabiiy fanlar metodisti  O.Gadoyev ochib berdi.  Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ta’limiy islohatlar va istiqboldagi vazifalar haqida gapirib o`tdi.

MIMG_20170817_101529ustaqillik bu — bizning avallo eng aziz va eng ulug’‘ ayyomimiz,  shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “,,O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi PQ-3095-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida ,,Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!»  mavzusida an’anaviy avgust kengashi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazildi. Maktablarda mustaqillik darslari ham ,,Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!» mavzusida o`tkazilishi haqida tavsiyalar berdi. Har bir fan o`qituvchisi o`zining maktabida va mahallasida ro`y berayotgan o`zgarishlarni yoritib, o`quvchilar ongida g`urur hissini aks ettirish kerakligi ta`kidlandi. Mustaqillik yillarida o`quvchilarimizning ta`lim va sport sohasida erishgan yutuqlari haqida aytib o`tilishi kerakligi o`qtirildi.
Har bir fan o`qituvchisi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning “Biz uchun dolzarbligi va ahamiyati hech qachon yoqolmaydigan masala bu – farzandlarimizni mustaqil fikirli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarini egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakkam vatanparvar insonlar etib tarbiyalash vazifasidir” degan so`zlariga rioya qilgan holatda ta’lim tarbiya berishligi aytib o`tildi.

Shundan so`ng kimyo-biologiya fanlari o`qituvchilari alohida fan xonalarida shuba yig`ilishlarida ishtirok etishdi.

Yig’ilishda 4-20-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchilari:IMG_20170817_095010 Z. Xolmurodova, R. Nurmurodovalar o’z  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, taqdimotlar o’qituvchilarga namoyish etildi. Xuddi shuningdek 16-18- umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchilari: A. Shermatov, A, Yorqulovlar ham o`z  ma`ruzalari va taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Ushbu o`qituvchilar o`zlarining fanlari yuzasidan bo`lgan o`zgarishlar va yangiliklarni batafsil tushuntirib berishdi

2017 yil 15 martdagi“Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tIMG_20170817_094931asdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarorlari haqida ham ma’lumotlar berildi. 6-7-sinflardagi o`zgarishlar va 10-sinf darsliklari hamda mavzulari to`g`risida o`z fikirlarini bayon etishdi. Fan o`qituvchilari o`rtasida ta`lim va fandagi yangiliklar yuzasidan davra suhbatlarini olib borishdilar. Kimyo biologiya fanlari bo`yicha yutuqlarga erishgan ustoz o`qituvchilarning fikirlari eshitilib umumiy xulosaga kelindi.

Kimyo-biologiya fan o`qituvchilariga o`quv dasturi va darsliklardan foydalanib taqvimiy ish rejalarni tuzish tavsiyalari berildi. Bundan tashqari rtm.uz saytidan foydalanish ham tavsiya etildi.

Tayyorladi.            O. Gadoyev.

Хатирчи  туман  ХТМФМТТЭБ  қарашли  рус  тили ва  адабиёти  фани ўқитувчиларининг  2017- 2018 ўқув йили  август  шуъба  йиғилиши бўлиб ўтди

 2017 йил  17  август куни  Хатирчи  туман  85 умумий ўрта  таълим  мактабида  ХТМФМТТЭБга  қарашли  барча  таълим  муассасалари   рус  тили ва  адабиёти  фани ўқитувчиларининг  анъанавий   август шуъба  йиғилиши  бўлиб  ўтди. Йиғилишга  туманимиздаги  барча  таълим  муассасаларидан  вакиллар  қатнашди.

                           1    Йиғилишни  ХТМФМТТЭБ рус  тили  ва  адабиёти  фани  методисти  С. Нуримова  ва  ХТМФМТТЭБ таълим  муассасалари  фаолиятини  ташкил этиш, ўқувчиларни  маънавий аҳлоқий  тарбиялаш шуъбаси мутахассиси  А.Саломов очиб,  йиғилиш  қатнашчиларига  Ўзбекистон  Республикаси Вазирлар  Маҳкамасининг 2017 йил  6 апрелдаги 187 қарори  мазмун  моҳиятини  тўлиғича таништирди.Таълим  соҳасига  оид янгиликлар, 11 йиллик мажбурий ўрта таълим, ўқув режа ва дастурларини амалиётга жорий этиш тўғрисида батафсил тушунтириб  берилди.

  19,81 ва  7 мактаб  Маҳоратли  ўқитувчи-тренирлари   Д.Джемилова, Д.Қораева, Д.Ибрагимовалар йиғилиш  қатнашчиларига “Ключевые и   предметные  компетенции», “Изменения  в учебной программе, основанной на  компетентностном  подходе к обучению   русскому   языку”  мавзуларида  тренинг  дарслари ўтиб  беришди.

                        Ўқув  режалардаги  янгиликлар  ҳақида тавсиялар  берилди.

Taйёрлади.            С. Нуримова.

Хатирчи туман ХТМФМТТЭБнинг “Анъанавий август кенгаши” ялпи йиғилиши бўлиб ўтди.

  Хатирчи туман Халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимининг “Фидойинг бўлгаймиз сени, Ўзбекистон!” шиори остида анъанавий Август кенгашининг ялпи йиғилиши бўлиб ўтди. Анжуманга туман ҳокими Ғ. Алиев, Хотин-қизлар қўмитаси раиси З. Маматова, туман молия бўлими мудири Ж. Қаххоров ҳамда барча таълим муассасалри раҳбарлари, ММИБДЎлари, фаол ўқитувчилар, кўрик-танловлар ғолиблари иштирок этишдилар.

    Август анжуманини туман Халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлими мудири Ш. Қўлдошева кириш сўзи билан очиб, анжуман қатнашчиларини мустақиллигимизнинг 26 йиллиги ва “Билимлар куни” билан қутладилар. Шундан сўнг нафақага чиқаётган мактаб раҳбарларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди.

   Хатирчи туман ҳокими Ғ. Алиев сўзга чиқиб Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 26 йиллиги байрами ҳамда яқинлашиб келаётган Қурбон ҳайити ва “Билимлар куни” билан муборакбод этдилар. Халқ таълими ходимларини олдида турган юксак маъсулиятлари ҳақида тўхталиб ўтди.

   Август анжуманида олий ўқув юртини битириб келган 5 нафар ўқитувчиларга ишга қабул қилинганлиги тўғрисидаги меҳнат дафтарчалари топширилди ҳамда педагоглик қасамёдини баён этдилар. Анжуманда 20, 24, 34, 7-мактаб ўқувчилари томонидан айтилган қўшиқлар ва рақслар намойиш этилди. Август кенгаши сўнгида ўқув йили бўйича кўрик танлов ва мусобақаларда фахирли ўринларни қўлга киритган ғолиблар ХТМФМТТЭБ ва касаба уюшмаси томонидан тақдирландилар. Август анжумани кўтаринки руҳда ўтказилди.

ХТМФМТТЭБ она тили ва адабиёт

 фани методисти                                                                 Насиба  Хушвақова. 

Ғолиб  аниқланди

           Малакали педагогларни аниқлаш ва рағбатлантириш, педагогик фаолиятнинг нуфузини янада ошириш, таълим ва тарбия соҳасидаги  инновация технологияларни кенг  оммалаштириш, педагогик  фаолиятда  соғлом  рақобат  ва ижодкорлик  муҳитини яратиш, умумий   ўрта таълим мактабларидаги ўқитувчиларнинг  касбий  ўсиши ва  маҳорати ошишини рағбатлантириш  мақсадида “йилнинг энг  яхши  фан  ўқитувчиси”кўрик-танловининг туман босқичи ўтказилмоқда.  Кўрик-танловнинг асосий  вазифаси  умумий  ўрта  таълим  мактабиларининг  педагоглари  орасидан энг  ташаббускор  ва  ижодкор ўқитувчиларни  аниқлаш,улардаги ижодий қобилиятларни,касбий  маҳоратини рўёбга  чиқишига  кўмаклашиш  ва қуллаб-қувватлашдан  иборатдир. Кўрик-танлов 4-босқичда ўтказилади. 1-босқич  умумий  ўрта таълим мактабларида, 2-босқич  туман  миқёсида, 3- вилоят ва 4-босқич республикада бўлиб  ўтади.  Мана  шу  кўрик-танловнинг  туман  босқичи жорий йилнинг 15-март куни  20-умумий ўрта таълим   мактабида она тили ва адабиёт фани ўқитувчилари ўртасида бўлиб ўтди.

Унга танловнинг туман  босқичига  чиққан 24, 34, 81, 15, 4, 35, 78, 20-мактабларнинг она тили ва адабиёт фани бўйича 1 нафардан ўқитувчилари  иштирок этдилар. Иккинчи  турда  ўқитувчи иш тажрибасидан муҳим  методик муаммоларни ҳал қилишга оид тақдимоти кўрсатилади. “Мен  ўқитувчиман” шиори асосида ўқитувчи иштирокида 7 дақиқада  тақдимотини      кўрсатиб  бериши  керак. 7 нафардан иборат  ҳакамлар ҳайъати  аъзолари ҳар  бир иштирокчининг тақдимотини диққат билан кузатиб бордилар ва  холисона баҳоладилар. Кўрик-танлов якуни шуни кўрсатадики, 1-ўрин 4- мактабнинг  ўқитувчиси   Лола Воҳидовага  насиб  этди  ва  2-тур  бўйича  юқори  балл  тўплаган ўқитувчи  сифатида  вилоят босқичига  қатнашишга  муяссар  бўлди.

 

 

Навоий  вилояти   хатирчи  туман

ХТМФМТТЭБ она тили ва адабиёт

 фани методисти                                                                 Насиба  Хушвақова. 

Хатирчи туманидаги 7-умумий ўрта таълим мактабида 2015 йилнинг 30-ноябр куни Физика фанидан ҳаракатдаги семинар бўлиб ўтди.

2015 йил 30-ноябрь куни хатирчи туман ХТМФМТТЭБга қарашли 7-умумий ўрта таълим мактабида физика фани ўқитувчиларининг ҳаракатдаги семинари бўлиб ўтди. Семинарнинг асосий мақсади мактабларда физика фанининг ўқитилишида АКТ дан фойдаланиш ҳамда ўқувчиларнинг физика фанига бўлган қизиқишларини оширишдан иборат. Мактабда жадвал асосида очиқ дарслар ташкил этилган. Мактабга ташриф буюрган семинар иштирокчилари 6а-синф рус гуруҳида ўқитувчи Э.Р. Джеппарованинг  “Атмосферное давление. Опыт Торреччелли”, 8а-синф рус гуруҳида ўқитувчи М.Э. Рахмонованинг “Повториние и решение задач”,8б-синф рус гуруҳида ўқитувчи Ж.С.Бандақуловнинг “Закон Ома для участка цепи”, 8д-синф ўзбек гуруҳида ўқитувчи Б. Шайдуллаевнинг “Электр қаршилиги”, 9г-синф ўзбек гуруҳида ўқитувчи М.Турсунпўлатованинг “Хуллаш. Капилляр ходисалари” мавзусидаги очиқ дарсларни кўзатишдилар. Бундан ташқари 9-синф ўқувчилари ўртасида “Ёш ихтирочилар” мавзусида тадбир ўтказилди.Тадбир иштирокчиларда катта қизиқиш ўйғотди. Семинар иштирокчилар очиқ дарслар ҳамда тадбир юзасидан ўз фикр ва мулоҳазоларини булдиришди. Ёш ўқитувчилар семинардан ўзларига керакли янгиликларни олишганликларини айтиб ўтишдилар. Семинар сўнгида табиий фанлар методисти О.Гадоев сўзга чиқиб, очиқ дарслар ва тадбир тўғрисида ўз таклиф ва тавсияларини берди. Мактабда АКТдан фойдаланиш замон талаби даражасида эканлигини айтиб ўтди.

IMG_0465

 

Семинар кўтарингки рўҳда ўтказилди.

Хатирчи туманидаги 2-умумий ўрта таълим мактабидан 2015 йилнинг 4-декабр куни “Немис тилини ўқитишнинг турли услублари ва тил ўқитишдаги ёндашувлар”мавзусида “Маҳорат дарслари” ўтказилди.

 

Хатирчи туман ХТХТМФМТТЭБ га қарашли 2-умумий ўрта таълим мактабида 2015 йилнинг 4-декабр куни немис тили фанидан “Немис тилини ўқитишнинг турли услублари ва тил ўқитишдаги ёндашувлар”мавзусида “Маҳорат дарслари” ўтказилди.Маҳорат дарсларига худудий малака ошириш институтидан, Навоий Давлат Педагогика Институтидан, вилоят халқ таълими бошқармасидан мутахассислар таклиф этилди.

“Немис тилини ўқитишнинг турли услублари ва тил ўқитишдаги ёндашувлар”мавзусида Навоий Давлат Педагогика Институти ўқитувчилари Қодирова Дилноза, Шерова Дилфузалар тумандаги немис тили ўқитувчиларига  маҳорат дарслари ўтиб берди.

2-умумий ўрта таълим мактаби немис тили ўқитувчилари Йўлдошева Муштарий ва Каримова Ферузалар бошланғич синф ўқувчилари билан ташкил этган  немис тили дарслари барча қатнашчиларда илиқ таасурот қолдирди.

 

Танлов самарали бўлди.

  2015 йилнинг 6-апрел куни Хатирчи тумани 7-умумий ўрта таълим мактабида «Ҳуқуқ билимдонлари» кўрик танлови бўлиб ўтди. Ушбу танловда 88 та умумий ўрта таълим мактабидан 35 таси иштирок этишди. Танлов гуруҳларга бўлинган ҳолда мусобақа тарзида олиб борилди.

C360_2015-04-06-10-19-48-367 C360_2015-04-06-10-20-15-794

Натижада 2 та умумий ўрта таълим мактаби яъни 15-мактабнинг «Адолат», 85-мактабнинг «Ёш ҳуқуқчилар» гуруҳлари ғолибликни қўлга киритишди. Ғолибликни қўлга киритган гуруҳларга Туман Халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимининг эсталик совғалари ҳамда дипломлари топширилди ҳамда танловнинг вилоят босқичига иштирок этиш ҳуқуқини қўлга киритишди.

C360_2015-04-06-10-38-49-020                  C360_2015-04-06-11-30-27-202

Мақола санаси: 07.04.2015 й

Хатирчи тумани 65-умумий ўрта таълим мактабида Мир Алишер Навоий таваллудининг 574 йиллиги тантанали нишонланганлиги ҳақида

Маълумот.

            65-умумий ўрта таълим мактабида сўз мулкининг султони Ҳазрат Мир Алишер Навоий бобомизнинг 574 йиллиги тантанали равишда,туман Маъданият ва спорт ишлари     бЎлими, АРМ ходимлари билан хамкорликда нишонланди.

Тадбирда туман ҳокими Ғ.Қ.Алиев ,ХТМФМТТЭБ услубшуноси Н Хушвақтова, махалла фуқаролар йиғини,ота-оналар ,мактаб ўқитувчи- ходимлари ва ўқувчилар иштирок этишди.

clip_image002

Тадбирни 65-умумий ўрта таълим мактаби директори А Ҳосилов очиб, Мир Алишер Навоий бобомизнинг ҳаёти ва ижоди ҳақида қисқача тўхталиб ўтди. Жумладан, Алишер Навоийнинг ўзбек халқига қолдирган бой маданий ва маънавий мероси, жахон адабиётида тутган ўрни ҳақида ўқувчиларга айтиб ўтди.Алишер Навоий асарлари ҳар бир ўқувчининг қалбидан чуқур жой олишини ,ҳар бир хонадонга биз орқали Навоий руҳи кириб боришини тушунтирди.

 

Тадбирда туман хокими Алиев Ғофир Қуватович сўзга чиқиб Мир Алишер Навоий бобомизнинг 574 йиллиги   Республика буйлаб кенг миқиёсда нишонланаётганлиги ҳақида гапириб ўтди. Алишер Навоийни нафақат ўзбек адабиёти ,балки жаҳон адабиётида тутган ўрни катта эканлигини таъкидлади.

Навоий бобомизнинг ижоди ҳақида тўхталиб ўтди.Шунингдек шоирнинг асарлари халқимиз томонидан севилиб ўқилаётганлиги,Навоий ижоди,ҳаёти ҳақида кўплаб бадиий, илмий асарлар яратилганлигини айтиб ўтди.Ул зотнинг бизга қолдирган бой ижодий мероси, асарлари бизни илм олишга,Ватанга меҳр мухаббат ва садоқатли бўлишга , устознинг қадрига етиш, ҳурматини жойига қўйишга,ота-онани ҳурмат қилишга,мехнатсевар ва мард бўлишга ундаши хусусида гапириб ўтди.

 

Хуллас Навоий асарлари энг буюк инсоний фазилатлар ҳақида бизга сабоқ беришини таъкидлаб ўтди.

Тадбирда ХТМФМТТЭБ услубшуноси Н Хушвақтова қатнашиб тадбир иштирокчиларини бугунги қутлуғ сана билан қутлади.Алишер Навоий ўзбек ғазалиёти тарихида энг юксак натижаларга эришган шоир эканлигини айтиб,ўзи ҳам Навоий ғазалларидан намуналар ўқиб берди.

Қора кўзим,келур мардумлиқ энди фан қилғил,

Кўзим қаросида мардум каби ватан қилғил

Ушбу ғазал ўзининг сермазмун бадиий сехри,маънавий руҳий таъсирчанлиги асрлар оша ҳалқнинг қалбида мангу сақланиб қолаётир. Ғазал машҳур умрбоқий асарга айланиб келаётганлиги ҳақида тўхталиб ўтди

Тадбирда Алишер Навоий бобомизнинг ғазалларидан намуналар тингланди .

Айникса 7-8-9-синф ўқувчилари томонидан айтилган ғазаллар даврамиз тингловчиларига маъқул бўлди .ТадбирдаНегматова Севинч,Аслонова Мохия , Хужаев ФатхуллоМирхолова Бибисора,Нурмонова Бахтишод ,Латипова Райхона

каби ўкувчилар Навоий ғазалларини маромига етказиб ифодали ўқидилар .

Тадбир бўлиб ўтган жой Навоий замонига мос килиб безатилган .

Саҳна безаклари Навоий ҳаёти ва ижодини кенг ёритишда муҳим

аҳамият касб етди .

Алишер Навоийнинг Хамса асаридаги Лайли ва Мажнун Саъбаи Сайёр достонларидан сахна кўринишлари намоиш этилди .

Мир Алишер Навоий бобомизнинг асарлари асосида тайёрланган

саҳна кўринишлари ўқувчиларда жуда катта таассурот колдирди .

Тадбирни ташкиллаштиришда ҳамкорлик қилган туман маданият ва спорт ишлари бўлимига, АРМ га миннатдорчилик билдирилди.Тадбирда фаол иштирок этган ўқувчилар мақтов ёрлиғи ва эсдалик совғалар билан тақдирландилар

 

 

ЯНГИ МАКТАБ ФОЙДАЛАНИШГА ТОПШИРИЛДИ.

Навоий вилояти Хатирчи тумани ХТМФМТТЭБ га қарашли 59-умумий ўрта таълим мактаби 2014 йил янги мактаб қурилиши ҳақидаги давлат дастурига киритилди. Шу сабаб 2014 йил январдан бошлаб дастур асосида замонавий типдаги мактаб биноси ва спорт зали комплекси лойиҳа асосида бошланди. Ўқув биноси 210 ўринга мўлжалланган бўлиб, унда фан кабинетлари ва ўқув хоналари мавжуд. Шу билан бирга спорт зали ҳам қуриб битказилди. Спорт залида ўғил болалар ва қизлар учун алоҳида кийиниш, ювиниш хоналари мавжуд. Бундай шарт шароитга эга бўлган спорт зали ёшларнинг орзуси эди. Чунки ҳеч бир соҳа давлатни спортчалик жаҳонга тез танита олмайди.

59-1
Юқоридаги лойиҳа асосида 2014 йил 2-сентябр куни мактабни янги ўқув йилига топшириш, яъни очилиш маросими ўтказилди.

59-3

Очилиш маросимида Вилоят ҳокими ўринбосари Ж. Ҳамроев, Хатирчи туман ҳокими Ғ. Алиев, ҳоким ўринбосари Қ. Фармонов, туман ХТМФМТТЭБ мудири М. Файзиев, Хатирчи МЧЖ сервис қурилиш бошлиғи С. Бегматов, Кўксарой МФЙ раиси Қ. Рўзиев, қишлоқ оқсоқоллари кенгашидан Р. Темировлар иштирок этишиб, ўзларининг нутқларида юртимизда бўлаётган ислоҳатлар, оқилона сиёсат, халқнинг бунёдкорлиги ва Ватанимиз мустақиллигининг 23 йиллиги ҳамда “Билимлар куни” ҳақида сўзлаб, йиғилганларга ўз табрикларини изҳор қилдилар.

59-2
Тадбир сўнгида мактаб директори А. Қобилов барчани байрам билан табриклаб ўз миннатдорчилигини билдирди. Мактаб директори ўз нутқида бу мактаб қурилиши ёш авлодга бўлган эътибор, келажакда ўсиб келаётган ёш авлод зиммасига бир қатор масъулият юклашини таъкидлаб, мактаб ўқитувчилари ва ўқувчилари номидан аввало юртбошимизга, вилоят, туман ҳокимлигига, барча масъул ходимларга каттадан-катта рахматлар айтиб, ташаккурлар билдирди. Зеро, юртбошимиз айтганларидек: “Биздан озод ва обод Ватан қолсин!”.

Шунингдек, тумандаги 27-умумий ўрта таълим мактабида замонавий спорт зали фойдаланишга топширилди.

SAMSUNG CAMERA PICTURES
Президентимиз И.А.Каримовнинг 2014 йил “Соғлом бола йили” деб эълон қилиниши, кўпчилик сингари Хатирчи туманида жойлашган 27-умумий ўрта таълим мактабида ҳам кўтаринки руҳда шодиёна билан кутиб олинди. Бунинг боиси “Соғлом бола” дастурида муайян кўрсатилган, болаларни спорт билан мунтазам шуғуллантириш, уларга берилган эътибордан мукаммал фойдаланиш дастурда кўрсатилган. Қувонарли томони шундаки, ўқувчи ёшларнинг орзуси бўлган спорт зали барпо этилиб, кўпчилик ёшларнинг орзуси рўёбга чиқишига сабаб бўлди.

SAMSUNG CAMERA PICTURES Президентимизнинг ёшларга бўлган ғамхўрлиги уларнинг шижоатини янада оширади. Мактабимизда барпо этилган спорт залида спортнинг волейбол, баскетбол, теннис, шашка, шахмат, футбол турларидан тўгараклар мунтазам фаолият юритиб келмоқда.SAMSUNG CAMERA PICTURES
Спорт залини очилишига Хатирчи туман ХТМФМТТЭБ услубчилари
А. Шамсиев, М. Абдуллаев, Мустақиллик МФЙ раиси Н. Абдуллаев, “Саховат” ҚФЙ раиси Ш. Бекназаров ҳамда қишлоқ оқсоқоллари ташриф буюришди.

Тадбир сўнгида мактаб директори Т. Сатторов сўзга чиқиб барчани байрам билан табриклаб, ўз миннатдорчилигини билдирди. Мактаб директори ўз нутқида бу мактаб қурилиши ёш авлодга бўлган эътибор, келажакда ўсиб келаётган ёш авлод зиммасига бир қатор масъулият юклашини таъкидлаб, мактаб ўқитувчилари ва ўқувчилари номидан аввало юртбошимизга, вилоят, туман ҳокимлигига, барча масъул ходимларга каттадан-катта рахматлар айтиб ташаккурлар билдирдилар.

Туманимиздаги яна бир мактаб фойдаланишга топширилди.
Хатирчи тумани ХТМФМТТЭБ га қарашли 43-умумий ўрта таълим мактаби 2014 йил янги мактаб қурилиши ҳақидаги давлат дастурига киритилди. Ўқув биноси 180 ўринга мўлжалланган бўлиб, унда фан кабинетлари ва ўқув хоналари мавжуд.

43-1
2014 йил 2-сентябр куни мактабни янги ўқув йилига топшириш, яъни очилиш маросими ўтказилди. Очилиш маросимида Вилоят ҳокими ўринбосари А.Бобомуродова, Хатирчи туман ҳокими Ғ. Алиев, туман ИИБ ўринбосари О. Бекпўлатов, туман ХТМФМТТЭБ мудири М. Файзиевлар иштирок этишиб, ўзларининг нутқларида юртимизда бўлаётган ислоҳатлар, оқилона сиёсат, халқнинг бунёдкорлиги ва Ватанимиз мустақиллигини 23 йиллиги ҳамда “Билимлар куни” ҳақида сўзлаб, йиғилганларга ўз табрикларини изҳор қилдилар.

43-2

Тадбир сўнгида мактаб директори Г. Исломова барчани байрам билан табриклаб ўз миннатдорчилигини билдирди.

43-3

Мактаб директори ўз нутқида бу мактаб қурилиши ёш авлодга бўлган эътибор, келажакда ўсиб келаётган ёш авлод зиммасига бир қатор масъулият юклашини таъкидлаб, мактаб жамоаси, мана шундай кўркам, замонавий мактабни қуришда ёрдам берган ташкилотларга ўз маннатдорчиликларини билдирдилар.

44-мактабнинг очилиш маросими эса жорий йилнинг 2 сентябр санасида мустакиллигимизнинг 23 йиллиги байрамига ҳамда “Билимлар куни” байрамига тўғри келди.

44-1
Мактабнинг очилиш маросимига туман хокими Ғ. Алиев, вилоят давлат солик бошкармаси бошлиги Ш.Рахимов, туман ХТМФМТТЭБ мудири М.Файзиев хдмда шу худуддаги МФЙ раислари, мактаб директорлари, нуроний отахон ва онахонлари иштирок этишди.

44-2
Янги мактаб биносининг байрам арафасида топширилиши 44-мактаб жамоаси ва мактаб ўқувчилари учун мустақиллигимизнинг буюк неъматларидан бири бўлди.

44-3
Янги мактабнинг биринчи синфига илк бор қадам қўяётган 23 нафар болажонлар муҳтарам Президентимизнинг совғаларидан бениҳоят хурсанд бўлишдилар.

Maқoлa сaнaси: 9-сeнтябр 2014 йил. 

Bolalarga berildi dunyo!

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni tumanimizda bayramdan bir necha kun avval o`tkazilgan «Biz buyuk yurt farzandlarimiz!» deb nomlangan yoshlar festivali bilan uyg`unlashib ketdi. Chunki har ikkala tadbir ham tumanimiz markazidagimadaniyat va istirohat bog`ida bo`lib o`tdi. Ikkala tadbirda ham tantanalarning asosiy ijrochisi va tomoshabini yoshlar va bolajonlar bo`ldi. Bog`dagi sarishtalik va tantanavorlik bolalar kayfiyatini nihoyatda ko`tarib yubordi. Tantanalar bolalar uchun atraksionlarda uchish va muzqaymoq yeyishdan boshlandi, desak mubolag`a bo`lmas.

Keyin esa ular she’r va qo`shiq  aytish, raqsga tushish, asfaltga va qog`ozga rasm chizish, suzish, futbol va shaxmat o`ynash singari yo`nalish va sohalarda o`z mahoratlarini namoyish etishdi. O`qish va jamoatchilik ishlarida alohida o`rnak ko`rsatgan, turli tanlov va musobaqalarda tumanimiz sharafini munosib himoya qilgan o`quvchilar kitoblar jamlanmasi va boshqa sovg`alar bilan taqdirlanishdi. Ularga sobg`alarni Tumanimiz hokimi G`. Aliyev va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati A. Rahmonov tantanali ravishda topshirishdi.

BOG`CHADA QO`SHALOQ TADBIR.

Tumanimizdagi 1-sonli «Go`zal» maktabgacha tarbiya muassasasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan qo`shaloq bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Dastlab 29-may kuni 6 yoshli bitiruvchi 2 ta guruh tarbiyachilari Ozoda Egamberdiyeva, Dilrabo Zohidova tomonidan tarbiyalanuvchilar ishtirokida «Xayr bog`cha!», 30-may kuni esa «Bolalarga quvonch ulahsaylik» shiori ostida katta bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Bayram tadbirlarida tumanimiz hokimi G`. Aliyev, tuman XTMFMTTEB mudiri M. Fayziyev, mahalla va ota-onalardan vakillar ishtirok etishdi va o`zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi.

Tadbir so`ngida so`z olgan bog`cha mudirasi F. Jo`rayeva ko`rsatilayotgan amaliy yordam va e’tibor uchun mehmonlarga o`z tashakkurini bildirdi.

Xatirchi tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 20-umumiy o`rta ta’lim maktabida 2014 yilning 22-may kuni «Favqulodda vaziyatlar joy, vaqt tanlamaydi»  mavzusida viloyat seminari bo`lib o`tdi.

1 –iyun «Bolalarni himoya qilish kuni» ga bag`ishlangan erkin mavzuda imkoniyati cheklangan bolalar o`rtasida rasm chizish bo`yicha ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi.